«Brighton» bosh murabbiyi Fabian Hurtseler o‘z jamoasining APL chempionligi uchun da’vogar ekanligini savoliga javob berdi.
- Yo‘q! Biz o‘yindan o‘yinga harakat qilamiz va o‘yin sifatiga e’tibor qaratishga harakat qilamiz. Kecha futbolchilar bilan suhbatlashdim va ularning fikrlash tarzidan juda mamnunman. Ular: «Biz natijalarga e’tibor bermoqchi emasmiz, o‘z o‘yinimizga, qanday qilib yaxshilanishimizga va qayerda rivojlanishimiz mumkinligiga e’tibor qaratmoqchimiz. Shunda natijalar keladi», - dedilar. Mavsum oxirida qaysi o‘rinda bo‘lganimizni va qayerda bo‘lishimiz kerakligini muhokama qilishimiz mumkin, - dedi Hurtseler matbuot anjumanida.
Yetti turdan so‘ng «Brighton» APL jadvalida 16 ochko bilan uchinchi o‘rinda turibdi. Ular yetakchi «Manchester Siti»dan besh ochko ortda qolmoqda.
