«Kristal Pelas» uchun burgut — bu klub emblemasidagi oddiy ramzdan ko'ra ko'proq narsani anglatadi: 2010 yildan beri uning uchishi «Selkhurst Park» stadionidagi o'yinlarning ajralmas qismiga aylangan. Ammo endi bu an'ana tanqid ostiga olindi: dunyodagi eng yirik hayvonlarni himoya qilish tashkilotlaridan biri burgut ishtirokidagi marosimga shubha bilan qaramoqda.
PETA tashkiloti «Kristal Pelas» futbol klubiga murojaat qilib, klubning talismaniga aylangan oq boshli burgut Fenixni «nafaqaga chiqarishni» va kelajakda jonli hayvonlarni talisman sifatida ishlatmaslikka va'da berishni so'radi. Maktub klubning ijrochi direktori Sheron Leysiga yo'llangan, deb xabar beradi derbyderbyderby.it.
Hozircha so'rovga javob kelgani yo'q.
