Londonning «Arsenal» klubi tez orada yarim himoyachi Deklan Rayis bilan yangi shartnoma e'lon qilishi kutilmoqda. Ushbu yangilikni Now Arsenal ijtimoiy tarmoqda tarqatdi. Tomonlar shartnoma imzolashning oxirgi bosqichida turibdi.
Rayis 2023 yil yozidan buyon «Arsenal»da o'ynaydi. U jamoaning markaziy maydonida muhim futbolchilaridan biri bo'lib, deyarli har bir APL va Chempionlar ligasi o'yinida maydonga tushmoqda. Hozirda Rayisning «Arsenal» bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan chorshanba kuni «Arsenal» Myunxenda «Bavariya»ga qarshi o'ynadi. Rayisning o'zi ikkinchi taym oxirida kiritgan goli natijasida «kanonirlar» Londonga 2:2 hisobida bir ochko olib qaytishdi.
