«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola meksikalik yarim himoyachi Xilberto Moraning «Tixuana»dan o‘tishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

18 yoshli Mora Shimoliy Amerikadagi eng istiqbolli yosh futbolchilardan biri hisoblanadi. U «Tixuana»da 15 yoshida debyut qilgan va yaqinda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Meksika terma jamoasi safida o‘ynagan.

«Ko‘ramiz. Siz menga bizning klubimizga tegishli bo‘lmagan futbolchilar haqida savol berayapsiz. Men ularni haqida gapira olmayman. Klublar o‘rtasida hurmat bo‘lishi kerak. Albatta, o‘z fikrim bor, lekin men «Liverpul»da o‘ynamaydigan futbolchilar haqidagi vaziyatni izohlamaslikni afzal ko‘raman», - dedi Iraola TNT Sports Meksikaga bergan intervyusida.

CaughtOffside ma'lumotlariga ko‘ra, «Arsenal» ham Moraga qiziqish bildirgan, ammo «Liverpul» futbolchini qo‘lga kiritishda raqobatchilaridan oldinda. Mersisaydliklar allaqachon futbolchining vakillari bilan bog‘lanishgan va «Tixuana»ga qishki transfer oynasida taxminan 40 million evro taklif qilishga tayyor.

Joriy mavsumda Mora «Tixuana»da 7 o‘yinda 6 ta samarali harakat bilan ajralib turdi.