Dortmundning «Borussiya» klubining yarim himoyachisi Feliks Nmecha Angliya Premyer Ligasi top-klublarining e'tiborida qolmoqda.
«Manchester Yunayted» 26 yoshli Germaniya terma jamoasi futbolchisi transferi ustida ish boshladi, deb xabar bermoqda Transfer News Live, TEAMtalk manbalariga tayangan holda. «Shmellar» o'z yulduzlari uchun 90-100 million evro so'ramoqda.
Transfermarkt portali Feliks Nmechaning bozor qiymatini 65 million evro deb baholamoqda. Futbolchining «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha davom etadi. Hozirgi mavsumda yarim himoyachi Niko Kovach jamoasi safida o'nta o'yinda ikki gol urdi.
