Yarim himoyachi «Nottinhem Forest» Morgan Gibbs-White olti jarima balli va politsiya bilan hamkorlik qilmaslik uchun jarima to'lashga majbur bo'ldi. Bu haqda Nottingham Post xabar bermoqda.
2023-yil 28-yanvarda futbolchining Range Roveri qizil chiroqni 1,1 soniyadan so'ng o'tib ketgani kamera tomonidan qayd etilgan. Politsiya qoidabuzarlik holatini aniqlashga harakat qildi, ammo avtomobil raqami bazada ko'rsatilgan raqamdan bir harf farq qilgani aniqlangan. Aprelda avtomobil yana to'xtatilgan va o'shanda uning Gibbs-White'ga tegishli ekanligi tasdiqlangan.
Futbolchi politsiyadan kelgan ikki xatga javob bermadi, unda u qoidabuzarlik paytida haydovchi bo'lganligini tasdiqlash so'ralgan edi. O'tgan haftada sud uni haydovchini aniqlash bo'yicha ma'lumot bermaganlikda aybdor deb topdi. Umumiy hisobda futbolchi taxminan 1240 evro to'lashi kerak.
Avvalroq, 2025-yil may oyida Gibbs-White 6 marta tezlikni oshirgani uchun 6 oylik haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilingan.
