Yaqinda o'tkazilgan Angliya Premier Ligasi 7-turida «Manchester Yunayted» «Lids» bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. Mashhur sobiq futbolchi Jeymi Karraher «qizil iblislar»ning mehmondorchilikdagi o'yinidan mamnun bo'ldi.
«Agar bu o'yinni mavsumdan alohida ko'rib chiqadigan bo'lsak, «Manchester Yunayted»ning chiqishi juda yaxshi deb aytish mumkin. Garry Maguayr ajoyib o'ynadi», - dedi ekspert Sky Sports efirida.
Hozirda Maykl Karriqning jamoasi Angliya chempionatida 13-o'rinda, 7 ochko bilan bormoqda. Dastlabki yetti turda mankunianslar muxlislarni faqat bitta g'alaba bilan xursand qila oldilar.
