Tottenhem bosh murabbiyi Roberto de Zerbi, yarim himoyachi Dejan Kulushevski jamoaning Koventriga qarshi o'yinida ro'yxatga qaytishini ma'lum qildi. Shu bilan birga, uch nafar futbolchi jarohatdan tiklanmoqda.

“Kulushevski zaxira o'yinchilari ro'yxatida bo'ladi. Biz tibbiyot xodimlari bilan gaplashdik va shifokorlar rozilik berishdi. Bu ajoyib yangilik. Ehtimol, o'tgan mavsumda Evertonga qarshi o'yindan keyingi eng yaxshi yangiliklardan biri. Dejan juda ko'p narsalarni boshidan kechirdi. U yana maydonda his-tuyg'ularni boshdan kechirishni haqlaydi”, - dedi De Zerbi matbuot anjumanida.

Kulushevski Tottenhemda 2025 yil maydan beri tizza jarohati tufayli o'ynamagan. Yo'qotishlarga kelsak, Savio seshanba kuni mushak jarohati oldi va bir necha hafta maydonga tusha olmaydi.

Lukas Bergvall Manchester Yunaytedga qarshi o'yinda tizzasini jarohatlab oldi va yaqin ikki hafta maydonga chiqmaydi. Pedro Porro esa sonning orqa qismini jarohatidan tiklanmoqda. Murabbiy himoyachining Chelsiga qarshi keyingi o'yinda maydonga tushishini umid qilmoqda.

Tottenhem 19 oktyabr, dushanba kuni Koventrini Angliya chempionatida qabul qiladi.