Katoloniyaning «Barselona» himoyachisi Xavi Espar o'z karerasini Tumanli Albionda davom ettirish imkoniyatiga ega, deb xabar bermoqda insayder Ekrem Konur Catch Offsidega tayanib.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, ispaniyalik futbolchi Angliya Premer-ligasidagi klublarning maqsadiga aylandi. Londondagi «Arsenal» va «Tottenhem» futbolchining o'yinlarini kuzatmoqda. «Barselona» esa Espar uchun 100 million yevro talab qilmoqda.
19 yoshli himoyachi yaqinda Kataloniyaning ulkan klubi bilan 2030 yilning iyunigacha davom etadigan shartnoma imzoladi. Transfermarkt saytida uning bozor qiymati 25 million yevro deb baholanmoqda.
