Londondagi «Chelsi» darvozaboni Emiliano Martines Angliya chempionatidagi «Everton»ga qarshi o'yin davomida almashtirildi. Argentinlik darvozabon to'qnashuv natijasida jag'ini sinab, operatsiya o'tkazishi kerak bo'ladi.

Jurnalist Sesar Luis Merlo ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berganidek, jahon chempioni kamida 40 kun maydondan chetda qoladi.

Esimizda tutaylik, kecha «pensiyonerlar» safarda «irislar»ni 2:0 hisobida yengishdi.

Hozirgi Premyer-liga mavsumida 34 yoshli Martines olti o'yin o'tkazdi va 11 gol o'z darvozasidan o'tkazib yubordi.

Bugungi kunda «Chelsi» 13 ochko to'plab, turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda turibdi.