«Liverpul» vingeri Bradli Barkola Fransiya chempionati va Angliya Premer-ligasi o'rtasidagi farqlar haqida gapirdi.

«Men uchun moslashish davri o'tmoqda, bu yerda atmosfera «PSJ» dagidan farq qiladi. APL boshqacha, bu yerda jamoalarda kamroq taktik bor. Ehtimol, bu menga ko'zga tashlandi, chunki men Parijda juda qat'iy taktikaga ega murabbiy ostida o'ynaganman.

Bu yerda maydonda kamroq o'zgarishlar bo'ladi. «PSJ» da men markazga o'tib, so'ngra qanotga chiqib, o'z pozitsiyamni boshqa o'yinchiga topshirar edim. Bu yerda hamma narsa boshqacha», - deydi fransuz Goal orqali.

24 yoshli vinger o'tgan yozda «Liverpul» ga 125 million evro evaziga o'tdi.