Petr Chex hech qachon 2006 yil 14 oktabrni unuta olmaydi — bu kun «Chelsi» va «Reding» o'rtasidagi o'yinda sodir bo'lgan oddiy to'qnashuv uning hayotini xavf ostiga qo'ygan kun edi. O'yinning birinchi daqiqasida chexiyalik darvozabon raqibning yarim himoyachisi Stiven Xant bilan to'qnashib, bosh suyagi sinishi bilan jarohatlandi va tez tibbiy yordamga muhtoj bo'ldi. O'sha voqeadan yigirma yil o'tdi va sobiq darvozabon yana o'sha kunlarni esladi.
«Albatta, o'sha kun Premier-ligaga, futbol muxlislariga, yaqinlarimga va, albatta, menga katta ta'sir ko'rsatdi. Yigirma yil o'tgach, bu voqeani turlicha talqin qilish mumkin, lekin keling, bu hikoyaga to'g'ri nuqtai nazardan qaraylik. Dastlab, tiklanish qiyin o'tdi va men ko'p marta jiddiy shubhalar bilan to'qnashdim: men biron kun maydonga qaytishim mumkinmi? Ammo bu yo'l menga ko'plab muhim saboqlar berdi», - deb yozdi sobiq futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda.
Chex 2021 yilda futbol karerasini yakunladi.
