«Barselona»ning sport bo'limi «Manchester Yunayted» himoyachisi Lisandro Martinesning holatini diqqat bilan kuzatmoqda. Bu haqda jurnalist Xuan Xesus xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, agar Martines «qizil iblislar» bilan muddati tugaydigan mehnat shartnomasini uzaytirmasa, «Barselona» uni erkin agent sifatida qo'lga kiritish imkoniyatini jiddiy o'rganadi. Kataloniyaliklar bu argentinalik futbolchini bir necha yildan buyon kuzatib kelmoqda va u «ko'k-qizil»lar sport bo'limi tomonidan yuqori baholanmoqda.
Avvalroq Martines «Manchester Yunayted» rahbariyatini tanqid qilgani uchun moliyaviy jarimaga tortilgan edi.
Ushbu mavsumda 28 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda yetti marta maydonga tushib, bitta gol urdi.
Romano «Manchester Yunayted»ning Lisandro Martines bo'yicha qarorini aytib berdi
