Avvalgi Lokomotiv va Rossiya terma jamoasining bosh murabbiyi Yuriy Syomin «Manchester Siti»ning trofeylardan mahrum etilishi jazosi bilan rozi emas.
«Shahar jamoasi» moliyaviy adolatni buzganligi uchun 115 banddan 114 tasida aybdor deb topildi. Klubni trofeylardan va ochko yo'qotishdan tashqari, katta jarimaga tortish mumkin.
«Buni rahbariyat hal qilsin. Futbolchilar aybdor emas, ular halol o'ynashdi», - dedi mutaxassis Okko efirida.
Oldinroq, ko'pchilik OAVlar trofeylardan mahrum etish haqida gap yo'qligini xabar qilgan edi. Ehtimol, ish jarima va ba'zi rahbarlarning diskvalifikatsiyasi bilan yakunlanadi.
«Manchester Siti»ning «Liverpul»ga qarshi so'nggi uchrashuvida, «qizillar» muxlislari «Firibgarlar» deb har bir to'pga tegishida shahar jamoasi o'yinchilariga qarshi qichqirgan.
