Afsonaviy «Liverpool» o'yinchisi Stiven Djerard «Manchester Siti»ni moliyaviy qoidabuzarliklari uchun qanday jazolash kerakligi haqida gapirdi.
«Ularni Chempionshipga yuborishning hojati yo'q. Chunki shunda ular qaytib kelib, boshqalarning imkoniyatini olib qo'yishadi. Ular bilan APL doirasida hal qilish kerak. Ularni bir necha mavsumga jazolash zarur. Yangi transferlarga taqiq qo'yish va ballarini olib tashlash kerak. Ular o'zlarini o'n yil davomida boshqalarga azob berishga majbur qilganidek, azoblanishsin», - deydi Stivenning so'zlarini ESPN yetkazmoqda.
So'nggi o'yinda «Manchester Siti» «Liverpool»ni 3:0 hisobida yutdi.
