«Inter» himoyachisi Manuel Akandji, Chempionlar Ligasi doirasida «Bryugge» bilan o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida «Manchester Siti» atrofidagi vaziyatdan tashvishlanmasligini ma’lum qildi.

Avvalroq «shaharchilar» 2009 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda APL moliyaviy qoidalarini buzganlikda ayblangan edi. Shuni ta’kidlash joizki, Akandji boshqa yillarda klubda o‘ynagan va uning yutuqlariga hech narsa tahdid solmaydi.

«Meni «Manchester Siti» atrofidagi vaziyat juda tashvishga solmaydi. Men «Inter»ga e’tibor qaratyapman. Men o‘z trofeimni qo‘lga kiritdim va maydonda erishgan yutuqlarimizni bilaman», - dedi Akandji.

Shuningdek, himoyachi kelgusi o‘yinga ham to‘xtalib o‘tdi. «Real»dan birinchi turda mag‘lub bo‘lgan milanliklar, endi g‘alaba qozonishga umid qilmoqdalar.

«Kelgusi ikki o‘yinni juda muhim, lekin qadam-baqadam harakat qilaylik. Avval ertangi o‘yin, keyin esa qolganiga e’tibor qaratamiz. Biz birinchi o‘yinda mag‘lub bo‘ldik, lekin endi oldinga qadam qo‘yishni xohlaymiz. Bizning maqsadimiz birinchi sakkizlikka kirish, keyin esa nima bo‘lishini ko‘ramiz. O‘tgan yilga nisbatan ko‘p narsalar o‘zgardi, lekin avval yaxshi o‘ynashimiz va ertaga g‘alaba qozonishimiz kerak», - deya qo‘shimcha qildi u.

«Inter» va «Bryugge» o‘yin 13-oktabrda bo‘lib o‘tadi.