«RB Leypsig» qanot o'yinchisi Antonio Nusa Angliya Premyer Ligasi jamoalari orasida katta talabga ega.

21 yoshli futbolchiga qiziqish bildirayotgan Londonning Arsenalidan tashqari, «Aston Villa» va «Nyukasl» ham kuzatmoqda, deb xabar beradi jurnalist Ekrem Konur. «Qizil buqalar» o'z yulduzlari uchun 60 million funt sterling (taxminan 71 million evro) talab qilmoqda.

Antonio Nusa joriy mavsumda «RB Leypsig» safida 7 o'yinda 4 gol urib, 3 golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali o'yinchining narxini 45 million evro deb baholamoqda.