Ingliz chempionatining oltinchi turida «Xall Siti» «Everton» bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi. «Tig'rlar» murabbiyi Sergey Yakimovich o'yin natijalarini sharhladi.
«Oson bo'lmadi. Birinchi bo'limda, ehtimol, bizga himoyadan hujumga o'tishda muvofiqlik yetishmadi, lekin biz bor imkoniyatlarimizdan kelib chiqib harakat qildik. Raqib xato qilganda, biz darhol ularga jazoni berdik. Lekin, afsuski, keyinchalik biz o'zimiz ularga ikki gol urishiga imkon berdik», - deya Yakimovichning so'zlarini keltiradi BBC Sport.
Ingliz chempionatidagi keyingi o'yinida «Xall Siti» «Fulxem» bilan o'ynaydi, bu 17-oktabrda bo'lib o'tadi.
