«Como» klubining bosh murabbiyi Sesq Fabregas klub rahbarlarini murabbiylarga nisbatan sabrli bo'lishga chaqirdi. U misol sifatida Mikel Artetani keltirdi.
«Men Arsenalga qaradim, Mikel Arteta yaqinda klub bilan shartnomani uzaytirdi. Endi uning ish natijalarini ko'rmoqdamiz, lekin dastlab hammasi oson bo'lmagan. U tanqidlarni va o'ziga oid gap-so'zlarni eshitdi. Bizda aniq g'oyalar bo'lishi kerak. Odatda, natijalar bir necha oy ichida keladi», - dedi Fabregas, «Roma»ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.
Murabbiy, shuningdek, klub rahbarlarining murabbiylar ishiga ortiqcha aralashuvini tanqid qildi.
«Murabbiyni faqat ikki o'yindan keyin ishdan bo'shatish qanday mumkin? Ba'zida sport direktori o'zini murabbiy deb o'ylaydi. Menimcha, murabbiy o'yin tizimiga va zarur futbolchilarni tanlashga katta ta'sir ko'rsatishi kerak. Murabbiy qo'llab-quvvatlanishni yo'qotganda, nima bo'lishini ko'rish mumkin».
«Como» 5 o'yindan so'ng Italiya chempionati jadvalida sakkizinchi o'rinda turibdi.
