Londondagi «Arsenal»ning qanot himoyachisi Rikardo Kalayfori joriy Angliya Premer-ligasini muvaffaqiyatli boshladi. Italiyalik futbolchi chempionatning olti uchrashuvida bir gol urdi va ikki assistentlik qildi.

Opta mutaxassislari xabar berishicha, Kalayfori joriy Premer-liga musobaqasida penaltilarsiz «kanonirlar»ning eng ko'p natijali harakatlar qilgan futbolchisi hisoblanadi (3).

Mikel Artetaning jamoasi oltinchi turda «Lids» ustidan 2:1 hisobida qozonilgan qiyin g'alabadan so'ng, 15 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda turibdi. Keyingi turda londondiklar «Nottinhem Forest»ga tashrif buyuradi.