«Nottinhem Forest» murabbiyi Oliyer Glasner avvalgi jamoasi «Kristal Pelas» bilan uchrashuvdan kutganlari haqida fikr bildirdi.

- Mening his-tuyg'ularim aralash. Men u yerda ikki yildan ortiq ajoyib vaqt o'tkazdim, muxlislar, klub xodimlari va birgalikdagi vaqtimiz haqida ajoyib xotiralarim bor. Bu hayotimdagi juda muvaffaqiyatli davr edi. O'yindan oldin va keyin quchoqlashishlar bo'ladi, albatta. Umid qilamanki, bir necha yildan keyin «Nottinhem Forest»dagi ishlarim haqida ham shunday deya olaman, - dedi Glasner matbuot anjumanida.

Glasner «Kristal Pelas»ni 2024 yil fevralidan boshqargan. Uning rahbarligida londonliklar 2025 yilda Angliya Kubogini qo'lga kiritdilar.