Yarim himoyachi «Komo»dan Assane Diao bir qator evropalik klublarning e'tiborida, deb xabar bermoqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Ekrem Konur.
Manbaga ko'ra, 21 yoshli futbolchining o'yinlarini «Manchester Yunayted»ning skautlari kuzatmoqda. Shuningdek, Assane «Aston Villa», «Nyukasl», «Liverpul», «Roma», «Brentford» va «Atalanta» klublarining qiziqishiga sabab bo'lmoqda.
«Komo» o'z futbolchisini 50-55 million yevro narxida sotishga tayyor. Diaoning klub bilan shartnomasi 2029 yilning iyun oyida tugaydi.
Joriy mavsumda Seriya Ada Diao beshta o'yin o'tkazdi, ikki gol urdi va bir assist berdi.
