Agent Enzo Raiola Manchester Siti darvozaboni Djanluici Donnarumma va uning jamoa doshi Erling Haaland o'rtasidagi do'stlik haqida ma'lumot berdi.
«Ularning xarakterlari o'xshash. Oldin Haaland Mino Raiola bilan ishlagan, u ham Donnarumma bilan juda yaqin bo'lgan. Erling va Djido – yaxshi yigitlar, oltin qalbli jangchilar. Shuning uchun ular bir-birlari bilan juda yaxshi til topishadi», – deydi Enzo Raiola Football-Italia'ga bergan intervyusida.
Norvegiya hujumchisi Sitida 2022 yil yozidan beri o'ynaydi, italiyalik darvozabon esa jamoaga uch yil o'tgach qo'shildi.
11 oktyabr, yakshanba kuni, Manchester Siti «Liverpul»ga qarshi Premyer-liganing oltinchi turida safarda o'ynaydi.
