Matbuotda «Napoli» yarimhimoyachisi Skott Makto-minayning Angliyaga qaytishi haqidagi mish-mishlar kuchaymoqda.
Shotlandiyalik futbolchi kelasi yozda Italiyani tark etishi ehtimoli yuqori, chunki uning shartnomasi 2028 yilning o'rtalarida tugaydi va yangi shartnoma tuzilishi qiyin. Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotlariga ko'ra, 29 yoshli yarimhimoyachini «Manchester Yunayted», «Nyukasl» va «Aston Villa» qo'lga kiritishga qiziqish bildirmoqda.
Skott Makto-minayning Transfermarkt portalidagi baholanishi 40 million evro. Eslatib o'tamiz, u Italiyaga ko'chishidan oldin «Manchester Yunayted»da o'ynagan va u yerda yigirma yildan ortiq vaqt o'tkazgan.
