Yarimhimoyachi «Bornmut» Aleks Skott bir qator evropalik top-klublarning e'tiborida. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur ma'lum qildi.

Jurnalistning ma'lum qilishicha, 23 yoshli ingliz futbolchisi uchun kurashda Madridning «Real», «Liverpul», «Arsenal», «Chelsi» va «Milan» klublari ishtirok etadi. «Slivkalar» futbolchining o'yinini uch marta jonli ko'rgan.

Havbekning transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda. Skottning «Bornmut» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyining oxirida tugaydi.

Hozirgi Angliya Premer-ligasida Aleks beshta uchrashuv o'tkazdi va bitta gol urdi.