Livertuzenskiy «Bayer»ning qanot himoyachisi Migel Gutyerriz bir qator evropalik klublarning e'tiborini tortmoqda. Bu haqda fussball-news.de jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, ispaniyalik qanot himoyachisi Madridning «Real», «Milan», «Manchester Yunayted» va Turinning «Yuventus» klublarining qiziqish doirasida.

25 yoshli himoyachi o'tgan yozda «Bayer»ga «Napoli»dan o'tdi. Shartnoma summasi 26 million evroni tashkil etdi. Gutyerriz «farmatsevtlar» bilan besh yillik mehnat shartnomasini imzoladi.

Hozirgi Bundesliga mavsumida Migel to'rt o'yin o'tkazdi, bitta gol urdi va uchta golli uzatma berdi.