Londonning «Arsenal» klubi shved hujumchisi Viktor D'yokereshni qanchaga sotishini belgiladi. 

TuttoJuve ma'lumotlariga ko'ra, «kanonirlar» D'yokeresh uchun 70 million evro takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Shu bilan birga, qishki transfer oynasida ijaraga berish varianti to'liq istisno qilingan.

D'yokereshni olishda «Yuventus» va «Milan» qiziqish bildirmoqda, ammo transferni amalga oshirishni qiyinlashtirayotgan omil «Arsenal»ning 70 million evro talabidir, bu esa italiyalik klublar uchun juda katta summadir.

Ushbu mavsumda D'yokeresh barcha musobaqalarda beshta uchrashuvda ishtirok etdi, ammo natijaviy harakatlar bilan ajralib turmadi.

D'yokereshning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha davom etadi.