«Liverpul» jamoasi yarim himoyachi Alekis Mak Allisterga yangi shartnoma taklif qilmaydi. Bu haqda Bernabeu Digital xabar bermoqda.

27 yoshli argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyunigacha davom etadi, ammo manbaning ma'lumotlariga ko'ra, futbolchi mavsum oxirida klubni tark etishi kutilmoqda.

Avvalroq Mak Allister yozda Liverpulni tark etish ehtimoli borligini tan olgan va hali yangi shartnoma taklif qilinmaganidan juda xafa ekanligini bildirgan. Mak Allister atrofidagi vaziyatni «Real» diqqat bilan kuzatmoqda. Madrid klubi yaqin vaqt ichida argentinalikni sotib olishga harakat qilishi mumkin. Shuningdek, futbolchiga «Manchester Siti» ham qiziqish bildirmoqda.

Mak Allister klubni tark etsa, «Liverpul» uning o'rnini to'ldirish uchun «Bornmut»dan Alek Scott va «Monako»dan Lamina Kamarani ko'rib chiqishi mumkin.