Avvalgi «Yuventus» futbolchisi Klaudio Markiziyo «Tottenhem» darvozaboni Gulielmo Vikarioning Turin klubiga o‘tishini yuqori baholadi.
29 yoshli italiyalik yozda «Yuventus»ga ijaraga kelib qo‘shildi va bu kelishuv mavsum oxirigacha davom etadi. Shartnoma sotib olish opsiyasini o‘z ichiga oladi.
«Vikario - ajoyib xarid. Italiyalik futbolchilarning yetishmasligi barcha katta klublarning muammosi, faqat «Yuventus»ning emas. Vaqtlar o‘zgardi, ammo qoidalar o‘zgarmadi», - dedi Markiziyo Gazzetta dello Sportga bergan intervyusida.
Vikario tezda Lyuchano Spalletti boshqaruvidagi jamoaning asosiy darvozaboni bo‘lib oldi. U joriy mavsumda Seriya Ada beshta o‘yinda ishtirok etdi va uch marotaba darvozasi daxlsiz qoldi.
