Belgiya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi darvozaboni Thibo Kurtua «Manchester Siti» atrofidagi mojarolar haqida fikr bildirdi. Angliya top-klubi APL moliyaviy qoidalarini buzganlikda ayblandi.
««Man Siti»ning qilganlari musobaqalarni manipulyatsiya qilishdir. Agar ular buni qilmaganida, ehtimol, imzolangan o'sha futbolchilarni chaqira olmas edilar», - deb ma'lum qildi darvozabon Madrid Xtra orqali.
Avvalroq, «Manchester Siti»ning ko'p sonli qoidabuzarliklari sababli Premier Ligadan chiqarilishi va unvonlardan mahrum qilinishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Hozirgi Angliya chempionatida Enzo Mareski boshqaruvidagi jamoa 15 ball to'plab, turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.
