Ispaniyalik yarimhimoyachi Martin Subimenidi Londondagi «Arsenal»ni boshqa bir ingliz top-klubiga almashtirishi mumkin. Bunga El Nacional xabar bermoqda.

Jurnalistlar ma'lumotlariga ko‘ra, «Chelsi» futbolchini sotib olishga qiziqmoqda. «Pensionerlar» rahbariyati o‘yinchi uchun taxminan 70 million evro taklif qilishni rejalashtirmoqda. O‘z navbatida, Subimenidi yanvar oyida Xabi Alonsoga o‘tishga rozilik bergan.

27 yoshli yarimhimoyachi o‘tgan yilning yozida «Arsenal»ga o‘tgan, ammo asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘la olmadi. Ispan futbolchisi bozor qiymati 75 million evroga baholanmoqda. Martinning «kanonirlar» bilan shartnomasi 2030 yilning iyun oyigacha davom etadi.