Ma'lum bo'lishicha, «Manchester Siti» forvardi Erling Haalandga qiziqish bildirayotgan klublar aniqlandi.

Fichajes xabariga ko'ra, madridning «Real» va «Barselona» norveg futbolchisiga jiddiy qiziqish bildirishda davom etmoqda. Shuningdek, Haalandni o'z jamoasida ko'rishni xohlaydiganlar orasida londondagi «Arsenal», munihning «Bavariya» va fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klublari ham bor.

Hozirgi mavsumda 26 yoshli Haaland barcha turnirlarda jami yetti o'yinda maydonga tushdi va raqiblar darvozalarini yetti marta ishg'ol qildi.

Norvegiyalik futbolchining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilgacha davom etadi. Transfermarkt mutaxassislari uni 220 million evroga baholamoqda.