Dortmundning «Borussiya» klubining markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek evropaning eng yaxshi klublaridan biriga o'tishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchini ispanlarning «Real» va «Barselona», shuningdek, inglizning «Liverpul» klublari qiziqtirmoqda.
Shuni ta'kidlash kerakki, «Real» va «Barselona» allaqachon Shlotterbekni kuzatib kelmoqda, lekin futbolchi hali ham «Borussiya»da qolmoqda. Aprel oyida u klub bilan 2031 yilgacha shartnoma uzaytirdi.
Ushbu mavsumda 26 yoshli Shlotterbek Germaniya chempionatida ikki o'yinda maydonga tushdi va bitta sariq kartochka oldi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, himoyachining qiymati 55 million evrodir.
