«Manchester Siti» moliyaviy qoidalarni ko'p marta buzganlikda ayblanib, jiddiy jazoga tortilishi mumkin. Agar bu haqiqatan ham ro'y bersa, «shaharchilar» Premier-ligadan chiqarilishi mumkin. Bunday holatda bir qator yulduzlar klubni tark etishni xohlashi tabiiy.

Matbuot Erling Haalandni Ispaniyaning La Liga gigantlari bilan bog'lashda davom etmoqda. The Sun nashrida Haalandga «Real» va «Barselona» tomonidan qiziqish bildirayotgani haqida maqola chiqqan. Ispaniyaning eng kuchli klublari Haaland va «Manchester Siti»ning boshqa bir qator o'yinchilarini nazorat qilmoqda. Madrid va Kataloniya klublari Haalandni yoki «shaharchilar»dan yana biror o'yinchini o'z saflariga jalb qilishga harakat qilishga tayyor.

Haalandning «Manchester Siti» bilan tuzgan shartnomasi 2034 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.

Oldinroq matbuotda «Barselona» 26 yoshli Haalandning atrofidagi shaxslar bilan uzoq davom etgan muzokaralar o'tkazgani haqida xabar berilgan edi.