«Manchester Yunayted» jamoaning Angliya Premer-ligasidagi mavsum boshlanishidagi natijalaridan norozi va bosh murabbiy Maykl Karriqni iste'foga chiqarishni o'ylamoqda.
«Goal» ma'lumotlariga ko'ra, ingliz murabbiyining o'rnini egallashi mumkin bo'lgan taniqli italiyalik Antonio Conte. Mankuniyaliklar murabbiy bilan dastlabki aloqa o'rnatdi.
57 yoshli murabbiy hozirda «Napoli»dan ketganidan so'ng ishga joylashmagan. U Angliyada «Chelsi» va «Tottenxem»da faoliyat yuritgan.
Angliya chempionatining beshta turidan so'ng «Manchester Yunayted» besh ball to'plab, jadvalda faqat 12-o'rinda turibdi.
