«Brentford» rahbariyati jamoaning qanot o'yinchisi Kevin Shade bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Sky Sports News xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «ariqlar» 24 yoshli futbolchi bilan muzokaralarni boshladi, chunki uning xizmatlariga Premier-liganing buyuk klublaridan jiddiy qiziqish mavjud. Avvalroq xabar berilgan, Londondagi «Arsenal» Shadeni sotib olishga intilmoqda. Ammo endi «Liverpul» ham bu poygada ishtirok etayotganligi ma'lum bo'ldi, shuningdek «Tottenhem» va «Chelsi» vaziyatni kuzatmoqda.
Yangi mavsumda Shade APL va Angliya kubogida oltita o'yinda uchta gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilda tugaydi.
