«Liverpul» futbolchisi Federiko Kyeza joriy mavsumda klubni tark etishi mumkin.

Italiyalik o'yinchi hozirgi kampaniyada mushak jarohati tufayli maydonga tushmagan. Calciomercato xabariga ko'ra, qanot o'yinchisi yanvar oyida, qishki transfer oynasi ochilganda, sotuvga qo'yilishi ehtimoli yuqori. «Qizillar» 28 yoshli futbolchi uchun taxminan 15 million evro so'ramoqda.

Kyezaga milanlik «Inter» va «Napoli» qiziqish bildirmoqda. Potentsial xaridorlar uchun o'yinchining maoshi muammo bo'lishi mumkin: Angliyada unga yiliga taxminan 7 million evro «toza» to'lanadi.

Kyeza 2024 yil avgustda «Liverpul»ga «Yuventus»dan o'tgan.