«Tottenhem» yangi hujumchi olish maqsadida o'yinchilarni sotmoqchi
Qishki transfer oynasida Londondagi «Tottenhem» markaziy hujumchini sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, «shpurlar» yangi hujumchini moliyalashtirish uchun yanvarda ba'zi o'yinchilarni sotishga tayyor. Hozircha «Tottenhem» kimlar bilan xayrlashishi aniq emas, ammo ehtimol, joriy mavsumda o'yinlarda ishtirok etmayotgan Risharlison sotilishi mumkin.
Beshta turdan so'ng «Tottenhem» Angliya Premer-ligasida oxirgi o'rinda, faqat ikki ochko to'plagan.
Keyingi turda Roberto De Dzerbi boshqaruvidagi jamoa «Manchester Yunayted» bilan uchrashadi.
