«Tottenhem» futbolchisi Endryu Robertson jamoaning bosh murabbiyi Roberto De Zerbi haqida fikrlarini bildirdi.

«U juda katta ambitsiyaga ega, bu uning xulq-atvoridan ko'rinadi. Murabbiy mukofotlar yutishni xohlaydi, lekin buni amalga oshirish uchun vaqt kerakligini biladi. O'ylaymanki, bizga shunchaki omad yetishmayapti. O'tmishni unutishimiz va oldinga harakat qilishimiz kerak», — dedi Robertson Stick to Football podkastida.

Hozirgi Angliya chempionatida «Tottenhem» beshta o'yin o'tkazib, faqat ikki ochko to'pladi. «Shporlar» xalqaro tanaffusga turnir jadvalining oxirgi o'rnida chiqdi.

Tanaffusdan keyin Roberto De Zerbi jamoasi birinchi o'yinini «Manchester Yunayted»ga qarshi o'tkazadi.

Robertson: «Tottenhem» faqat o'z yo'lini boshlamoqda»