«Liverpul»ning darvozaboni Georgiy Mamardashvili mavsum tugagach, klubni tark etishi mumkin.
«Qizillar»ning asosiy darvozaboni brazilyalik Alisson Bekker bo'lib, uning amaldagi shartnomasi kelasi yilning o'rtalarida tugaydi. Jurnalist Jeyms Pirsning ma'lumotlariga ko'ra, agar brazilyalik darvozabon shartnomani uzaytira olsa va «birinchi raqam» maqomini saqlab qolsa, Mamardashvili 2027 yil yozida klubda qolishi qiyin. Gruziyalik futbolchi uchinchi mavsum ketma-ket ikkinchi darvozabon bo'lishga rozi emas.
Hozirgi mavsumda Georgiy Mamardashvili faqat bir marta, «Tottenhem»ga qarshi Angliya kubogi o'yinida (3:1) maydonga tushdi. Transfermarkt portali 25 yoshli darvozabonning narxini 28 million evro deb baholamoqda.
