«Manchester Yunayted» rahbariyati kelasi yilda jamoaning himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Insider Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlar orqali «qizil iblislar»ga o'tish uchun uch nomni e'lon qildi.

Ingliz klubining short-listida: T'yago Gabriel («Lechche»), Jerrad BrantveytEverton») va Finn Yelch («Shtuttgart»).

«Manchester Yunayted» Angliya Premer-ligasida o'ynagan besh turda sakkizta gol o'tkazib yubordi. Maykl Karriq boshqaruvidagi jamoa besh ball to'plab, turnir jadvalida 12-o'rinda turibdi. «Qizil iblislar»ning keyingi o'yini «Old Trafford»da Londondan kelayotgan «Tottenxem»ga qarshi bo'ladi.