Krayniy zascitnik «Nyukasl» Lyuiz Xoll «Manchester Yunayted»ning qiziqishi haqida fikr bildirdi. Avvalroq, o'yinchi «sorokalar» bilan mehnat shartnomasini uzaytirdi.

«Buni men uchun hech qanday ahamiyati yo'q. O'ylaymanki, kimdir sizga qiziqish bildirsa, demak, siz to'g'ri yo'ldasiz. Men buni ijobiy qabul qildim, lekin shu bilan birga, bu yerda o'ynashni qanchalik yaxshi ko'rishimni tushundim. Yangi shartnoma va klubning menga bo'lgan ishonchi uchun juda minnatdorman», — deydi Xoll FourFourTwoga bergan intervyusida.

Yangi mavsumda 22 yoshli zascitnik barcha turnirlarni hisobga olgan holda yetti o'yinda ishtirok etib, bitta gol urdi va ikki assist muallifi bo'ldi.