«Arsenal»ning qanot hujumchisi Noni Madueke joriy qish transfer oynasida jamoani tark etmaydi. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Arteta Maduekeni oz vaqt o'ynaganiga qaramay, jamoada saqlamoqchi.
Oldinroq, qanot hujumchisi uchun «Atletiko» va «Yuventus» qiziqish bildirgan edi, lekin Arteta har qanday takliflarni rad etishga qaror qilgan. Shuningdek, Madueke o'z navbatida «Arsenal»da qolishga va asosiy tarkib uchun kurashishga qat'iy qaror qilgan.
Joriy mavsumda Madueke barcha turnirlarda beshta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol urdi.
