«Feyenoord»ning qanot himoyachisi Djivayro Rid Angliya Premyer Ligasi kariyerasini davom ettirishi mumkin.

TEAMtalk xabariga ko'ra, niderlandiyalik futbolchini uchta APL klubi — «Arsenal», «Manchester Siti» va «Liverpul» o'z saflariga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Ushbu jamoalar yozda Riddan qiziqish bildirgan va hozirda uning rivojlanishini kuzatishda davom etmoqda.

Shuningdek, «Feyenoord» avvalroq Ridni «Roma» va «Nottingem Forest»ga 20 million yevro evaziga sotishdan bosh tortgan.

Hozirgi mavsumda himoyachi barcha turnirlar bo'yicha sakkiz o'yinda maydonga tushdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Transfermarkt mutaxassislari futbolchining narxini 25 million yevro deb baholamoqda.