«Liverpul» mavsumni yaxshi boshlamadi va allaqachon tarkibini kuchaytirish haqida o'ylamoqda. Mersisayd klubi «Barselona»dan Frenki de Yongni o'z o'rta chizig'iga qo'shishni qiziqarli variant deb hisoblamoqda.

Katolonlar de Yongning transferiga ochiq, lekin undan kamida 65 million evro talab qilmoqdalar. «Liverpul» bu summani ortiqcha deb hisoblaydi.

El Nacionalning Fanatikga tayanib xabar berishicha, «Liverpul» Frenki de Yong uchun o'z futbolchisi Floriyan Virtsni taklif qilmoqchi. Bunday holatda «Barselona» inglizlarga qo'shimcha to'lov qilishiga to'g'ri keladi.

Shuni ta'kidlash joizki, Virts «Liverpul»da o'zini ko'rsatolmayapti va «Barselona» murabbiyi Hans-Diter Flikka yoqadi. Ammo, katolonlarda ushbu pozitsiyada bir nechta o'yinchilar bor va «Liverpul»ning taklifi ularga ma'qul kelmasligi mumkin.