Shved hujumchi Viktor D'yokeresh Londondagi «Arsenal»ni qishki transfer oynasida tark etishi mumkin.

«Caught Offside» xabariga ko'ra, D'yokeresh «Arsenal»dagi rolidan norozilik bildirgan va kelasi qishda klubni tark etish imkoniyatini ko'rib chiqishi mumkin. Hujumchiga «Milan», «Yuventus», «Al-Ahli» va «Al-Ittihad» qiziqish bildirmoqda. Ammo, «kanonirlar» yangi hujumchini sotib olmasdan D'yokereshni sotmoqchi emas.

Hozirgi mavsumda D'yokeresh barcha musobaqalarda beshta uchrashuvda ishtirok etdi, ammo natijali harakatlar bilan ajralib turmadi.

Shvedning bozor narxi, Transfermarkt portaliga ko'ra, 65 million evro.