«Manchester Yunayted» 15 yoshli qanot hujumchisi «Volerenga»dan Gabriele Raikovichga qiziqmoqda, u ingliz klubini tark etishni xohlayotgan Jey-Jey Gabriele o‘rnini egallashi mumkin. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» Raikovichni kuzatmoqda. Yakshanba kuni klub Osloga skaut yuborib, «Volerenga» va «Fredrikstad» o‘rtasidagi o‘yinni tomosha qildi. Raikovich yaqinda Erling Haalandning rekordini yangilab, Norvegiya chempionatining eng yosh gol muallifi bo‘ldi. U «Volerenga»ning asosiy jamoasida 14 yoshida debyut qilgan va o‘tgan oy 15 yosh 166 kunligida birinchi golini urgan. Hozirgi mavsumda u 14 o‘yinda 2 gol urdi va bir assist berdi.
Raikovich «Volerenga» bilan 2028 yil dekabrigacha shartnoma tuzgan. Klub uning uchun taxminan 18 million evro talab qilishi mumkin. Futbolchi 2027 yil fevralida 16 yoshga to‘lgandan so‘ng xorijiy klubga o‘tishi mumkin.
