«Nyuqasl»ning bosh murabbiyi Mattias Yaysle «Xall» ustidan (2:1) qozonilgan g‘alabani sharhladi. Ushbu uchrashuv Angliya chempionatining beshinchi turida o‘tkazildi.
«Biz «Lids»dan olgan mag‘lubiyatdan keyin juda yaxshi javob berdik. Birinchi bo‘lim ajoyib o‘tdi, biz uchinchi golni urishimiz va o‘yinni yakunlashimiz mumkin edi. Biz to‘liq ustunlik qildik, lekin ikkinchi bo‘limning oxirlariga kelib, futbolchilar charchayotganini sezish mumkin edi. Bugun bizga to'qqiz futbolchi yetishmadi», - deya Yaysleni iqtibos keltiradi BBC.
«Men jamoam bilan g‘ururlanaman va o‘yinchilarga oxirgi daqiqalarda qanday harakat qilganlari uchun e'tibor berishni istayman, chunki bu juda qiyin edi. Hamma to‘liq diqqat bilan bo‘lib, uch ochko uchun kurashdi».
«Nyuqasl» 8 ochko to‘pladi va sakkizinchi o‘rinda bormoqda. «Xall» 8 ochko bilan pastroq o‘rinda joylashgan.
