Avvalgi «Milan» futbolchisi Alessandre Pato ingliz klubi «Northempton Taun»ning egasiga aylandi - bu haqda biz avgust oyining boshlarida xabar bergan edik. Bitimni EFL orqali rasmiylashtirish uchun biroz vaqt kerak bo'ldi, ammo endi barcha byurokratik to'siqlar ortda qoldi.
«Biz kelishuvlarning nihoyat rasmiylashtirilganidan xursandmiz. Pato va guruhning boshqa a'zolari «Nyupor»ga qarshi o'yinda ishtirok etganida, muxlislarning hayajoni va quvonchini ko'rdik,» dedi klub prezidenti Kelvin Tomas, uning so'zlarini derbyderbyderby.it iqtibos keltirgan.
Hozirda «Northempton» Angliya futbolining to'rtinchi darajali ligasida o'ynamoqda.
