«Manchester Yunayted» 2026/2027 yilgi mavsumda yomon boshladi va Maykl Karriq tabiiyki, bosim ostida. Biroq, «qizil iblislar»ning hozirgi kunda bosh murabbiyni o'zgartirish rejalari yo'q. Bu haqda The Athletic nashrida e'lon qilingan materialda aytilgan.

«Hozirda Karriqning lavozimi xavfsiz. Ammo natijalar, albatta, uning kelajagini belgilaydi. Manbalar so'zlariga ko'ra, ushbu masalani hal qilishi kerak bo'lgan sport direktori Jeyson Uilkoks barqarorlik tarafdori», - deyiladi materialda.

«Manchester Yunayted» Angliya chempionati doirasida «Fulxem»ga qarshi mehmonlik o'yiniga tayyorgarlik ko'rmoqda. «Qizil iblislar» hozirda Premyer-liga jadvalida 13-o'rinda turibdi.